yangiliklar
ERIELL Group sportchilari BYD VI Toshkent xalqaro marafonida 

ERIELL Group sportchilari BYD VI Toshkent xalqaro marafonida


O‘tgan dam olish kunlari “Humo Arena” ko‘p funksiyali majmuasi VI Toshkent xalqaro BYD marafonida qatnashgan 45 mamlakatdan kelgan besh ming kishi uchun start maydonchasiga aylandi. Ular orasida mamlakatimizdagi sport tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlayotgan ERIELL Group xodimlari ham bor edi.

Musobaqa dasturi to'rtta masofani o'z ichiga oldi: 3 va 10 km.lik poyga, 21 km.lik yarim marafon va 42 km.lik klassik marafon masofasi.

ERIELL Group vakili bo'lgan poyga ishtirokchilari sport bilan shug'ullanish va sog'lom turmush tarzini olib borishning afzalliklarini o'z misolida ko'rsatib, o'zini mukammal jismoniy shaklda saqlash qanchalik muhimligini yana bir bor isbotladi. Kompaniyalar guruhi vakillari yaxshi natijalar ko'rsatib, muvaffaqiyatli finishga erishishdi.

Ma'lumot uchun:
Toshkent xalqaro marafoni Butunjahon atletika sport musobaqalari taqvimiga kiritilgan va World Athletics Label rasmiy maqomiga ega. Har yili ushbu sport tadbiri butun dunyodan tobora ko'proq yangi ishtirokchilarni jalb qilmoqda.