Har qanday sharoitda teng darajada samarali ishlaymiz:
  • Og'ir iqlim sharoitlari
  • Geologik xususiyatlar
  • Infratuzilma xususiyatlari
  • Oʻzbekiston va Iroqdagi +50⁰С va undan yuqori harorat
  • Mavsumiy yomg'irlar, barcha jihozlarga yuqori korroziv ta'sir ko'rsatuvchi nam tropik iqlim
  • Qatlamning anomal darajadagi yuqori yoki past bosimi
  • O`ta chuqur quduqlar
  • Gorizontal stvolning uzun masofasi
  • Vodorod sulfidi va karbonat angidrid agressiyasi
  • Tuz va angidrit qatlamlarini kovlab borish
  • Burg'ulash eritmasini qisman va to'liq singdiruvchi zonalar
  • O'zbekiston va Iroqdagi cho'llar
  • Bangladeshga eltuvchi yo'llardagi tirbandlik va daryolar kesishuvi tufayli yuzaga kelgan murakkab logistika
Biz mobildan tortib o`ta og`ir burg'ulash qurilmalaridan foydalanamiz
Biz 675 tonnalik o'ta og'ir burg'ulash qurilmasi sharoitida ishlashga mo`ljallangan burg`ulash qurilmalaridan iborat eng zamonaviy va yuqori texnologik burg`ulash texnikasi parklaridan biriga egamiz.
Xizmatlar haqida bilib olish va loyihalar bilan tanishish
Biz sinovdan o`tgan texnika ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilamiz
Barcha qurilmalar yuqori kuchlanishli uzatma va burg`ulash eritmasini ko'p bosqichli tozalash tizimi, jumladan Verti-G shlamlarini quritish uskunalari bilan jihozlangan.
Burg'ulashda biz eng yangi texnologiyalardan foydalanamiz
Biz sohada rekordlarga erishamiz va murakkab loyihalarda mehnat qilamiz, chunki doimo texnologiyalar va xodimlarga sarmoya kiritamiz
  • Rotor-boshqaruv tizimlari (RUS)
    Zaboyli burg'ulash uskunalarining zamonaviy avlodidan vertikaldan haddan ziyod og`ishga ega ko'p ustunli va gorizontal quduqlarni burg'ulash, stvolni aniq o`tkazish va murakkab qatlamlarni ochish, jumladan tiklanishi qiyin bo'lgan zaxiralar yordamida burg`ulashda foydalaniladi.
  • Uglevodorod asosidagi, jumladan og'ir (2 g / sm3 dan ortiq) eritmalar (UAE)
    Quduq zaboyoldi zonasining suv o'tkazuvchanligini  butunlay bartaraf qilish, razvedkali burg'ulash vaqtida kernni tanlab olishda neftning tabiiy to'yinganligi va o'tkazuvchanligini saqlash, vertikaldan siljishi katta bo'lgan quduqlarni qurishda xavflarni minimallashtirish va  samaradorlik ko`rsatkichlarini oshirish uchun foydalaniladi.
  • Burg'ulash paytida kesish (LWD)
    U inklinometrik va texnologik parametrlarni o'lchash, real vaqt rejimida burg'ulanayotgan jinslarining xususiyatlarini o'rganish uchun qo`llaniladi
  • Qallamni ko'p bosqichli gidravlik usulda yorish (QKGY)
    Drenaj maydonini va quduqlarning qazib olish quvvatini oshirishda qo`llaniladi.
  • Egiluvchan nasos-kompressor quvurlar (ENKQ)
    Egiluvchan NKQni ekspluatatsiyaviy NKQ yoki quduqning burg`ulash/mustahkamlash quvuriga tushiruvchi va ko`taruvchi avtonom, oson transportirovka qilinadigan gidravlik uzatmali qurilma.
  • Mustahkamlash ustunida burg'ulash
    Burg'ulashning yuqori intervallarini qurishni tezlashtirish uchun qo`llaniladi. 
  • Aylanadigan eksplutatsiyaviy laynerlarni tushirish
    Laynerlarni sermahsul gorizontga qo`ymaslik xavfini kamaytiradi.
  • Mustahkamlovchi ustunlarni ko'pikli tsement, kengaytiriladigan va gazni blokirovka qiluvchi komponentlar, metall akkord va shishib ketadigan qadoqlagichlar yordamida mahkamlash
    Tsementlash sifatini yaxshilaydi, ustunlar orasida bo'shliq paydo bo'lishining oldini oladi.
  • DS1 toifasi bo'yicha burg'ulash asboblarining kamchiliklarini aniqlash
    Burg'ulash ustunining ishonchliligini oshiradi.
  • "Texnik chegara"
    Quduqlarni minimal xavf va vaqt ichida burg'ilash imkonini beradi.
Ushbu texnologiyalar foydalanilgan loyihalar bilan tanishish