Xodimlar - ERIELLning eng katta boyligi. 11 ming nafar xodimning har biri kompaniyamiz rivojiga har kuni qo`shayotgan hissasi tufayli biz eng murakkab loyihalar bo'yicha rekord o'rnatayapmiz, mijozlarimizdan minnatdorlik va mukofotlar olmoqdamiz hamda yillik reytinglarda etakchi uchtalikka kiramiz.
Oramizda 20 ta turli mamlakat va madaniyat vakillari hisoblangan ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar va sobiq talabalar borligiga qaramay, barchamizni ERIELL birlashtiradi. Kompaniya faoliyatini boshlagandan buyon burg'ulovchilar, geologlar, muhandislar va ofis xodimlarining butun boshli sulolalari shakllandi.
Har bir xodim biz uchun muhim, chunki hammamiz katta oilamiz. Biz ishning qulayligi va xavfsizligini ta`minlash, har bir xodim o'z salohiyatini namoyon qilib, ulkan maqsadlarga erishishi uchun qo`limizdan kelgan barcha islarni amalga oshirmoqdamiz.
Toshkent shahridagi neft va gaz tarmog`I mutaxassislarining kasbiy malakalarini rivojlantirish bo`yicha ERIELL prof education o`quv markazi.
Qarshi (O'zbekiston) shaharida texnik va ishchi xodimlar tayyorlash uchun o'quv uskunalari bilan jihozlangan o'quv markazi.
Biz zamonaviy uskunalarda amaliy ko'nikmalarni rivojlantiramiz:
2013 yildan beri Xalqaro burg'ulash pudratchilari uyushmasi tomonidan akkreditatsiyalangan WellSharp va RigPass xalqaro dasturlari bo'yicha ta`lim beramiz. (IADC)..