yangiliklar
ERIELL Group kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi faxriylarini tabrikladi

Har bir O‘zbekistonlik uchun 9 may-shunchaki taqvimdagi sana emas. Bu kuni qaytmaydigan bo‘lib ketgan  askarlar yodga olinadi, ikkinchi jahon urushi faxriylari sharaflanadi. Bayram kelajak avlodlarning erkinligi va huquqlarini himoya qilganlarga chuqur hurmat va cheksiz minnatdorchilik bilan to‘lgan bo‘ladi.

ERIELL Group har yili O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridagi faxriylarni tabriklaydi. 2023 yil ham bundan mustasno emas. Xotira va qadrlash kuni arafasida kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ishtirokida Jizzax va Samarqand viloyatlarida istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi faxriylari uchun bayram tadbirlarini o‘tkazdi.

O‘zbekistondagi deyarli har bir oilani qamrab olgan daxshatli voqealar qalblarda o‘chmas iz qoldirdi. Ikki millionga yaqin yurdoshlarimiz frontga ketdi, yarim millioni kelajak avlodlar tinchligi uchun jonini fido qilgan holda jang maydonlaridan qaytmadi. Qahramonlarning bu jasorati bir umrga xotirada qoladi.

Urush va mehnat faxriylari yildan-yilga kamayib bormoqda va ular bilan o‘tkazilgan har bir lahza yanada ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilda Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘sha fojiali voqealar guvohlari soni 16 nafarni tashkil etib, ular orasida konslagerning sobiq asirlari ham bor. Ularning har biri- ehtirom va cheksiz e'tirofga loyiq haiqiy qahramonlardir. 

Tantanali tadbir Samarqandda boshlandi. 10 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ularning oila a'zolari uchun “Silk Road Samarkand” ishbilarmonlik turizmi va dam olish markazi hududida joylashgan  “Afrosiyob” restoranida bayramona kechki taom tashkil etildi.  Har bir faxriyga ERIELL Group nomidan havo sovutgichlari va  sovg‘abop oziq-ovqat savatlari topshirildi.

“Bizga sovg‘a qilgan ajoyib kechangiz uchun rahmat. Biz faxriylarga bo‘lgan e'tiboringiz uchun minnatdorman. Jonajon O‘zbekistonimiz yaqin qo‘shnisiga doim o‘zining mehribonligi va sezgirligi bilan yordam beradigan ochiq qalbli odamlarga boy bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, - fikrlari bilan o‘rtoqlashdi  Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ochilov Axat.

Samarqanddan so‘ng, kompaniyalar guruhi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari va harbiy orkestr hamrohligida Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan olti nafar faxriyni  ko‘rgani bordi. Tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ERIELL Groupdan sovg‘abop oziq-ovqatlar to‘plamlari  va havo sovutgichlari topshirildi. 

Urushning eng daxshatli sinovlaridan biri-konslagerni boshidan kechirgan Mariya Yefimovna Abduraximova mehmonlarni minnatdorchilik ko‘z yoshlari bilan qarshi oldi: “ O‘sha mudhish yillar xotirasi unutilmasligi va yurtdoshlarimiz  faxriylarni yodda saqlashlarini ko‘rish va anglash juda yoqimli. E'tiboringiz, sovg‘alaringiz va ezgu tilaklaringiz uchun tashakkur. Yurtimiz uzra osmon hamisha tinch va musaffo bo‘lsin!”.

Butun bir davr bizni o‘sha davrdagi dahshatli voqealardan ajratib turadi. Ammo baxtli hayot va avlodlarning farovon yashash huquqini himoya qilish yo‘lida sog‘lig‘i va yoshligini qurbon qilganlarning eng buyuk jasorati haqidagi xotira qalbimizda mangu saqlanib qoladi. 

Ushbu tantanali kunda O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishini, bu sana tinchlikni asrash naqadar muhimligini eslatib turishini tilaymiz. Bu g‘alaba naqadar qimmatli bo‘lganini, ajdodlarimiz serhosil O‘zbekiston zaminining gullab-yashnashi yo‘lida jasorat va qo‘rqmasdan kurashganlarini har bir keyingi avlod unutmasin. Bayramingiz bilan!