yangiliklar
ERIELL Group yangi yil oldi mo‘jizasini sovg‘a qiladi
ERIELL Group yangi yil oldi mo‘jizasini sovg‘a qiladi

Yangi yil sehrgarlik va baxtli lahzalar pardasini ochadi. ERIELL guruhi ko‘p yillar davomida mehribon sehrgarga aylanib, ko‘proq mehr va g‘amho‘rlikka muhtoj bolalarning bayram arafasida kunlarini rang-barang qilish va yorqin his-tuyg‘ularni bahsh etishga yordam berib keladi.

Har yilgi yoqimli an'anaga muvofiq, kompaniyalar guruhi xodimlari tomonidan bir qator xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Ulardan birinchisi Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyatining ichki ishlar boshqarmasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan 350 nafar bolalarni bayram kayfiyati, yoqimli syurprizlar va sovg‘alar kutardi.

ERIELL, xususan, Eriell Oilfield Services Middle East DMCS kompaniyasi kasaba uyushmasining sa'y-harakati tufayli bolajonlar kunni quvnoq o‘tkazishdi. 15 ta Qor bobo, animatorlar va sho‘h boshlovchilar ularning vaqtini chog‘ qildi. Bunda bayram albatta ziyofatsiz o‘tmadi: bolalar uchun konsert dasturi, tabriklar va iliq tilaklar bilan bayram dasturxoni yozildi.

Yangi yil syurprizlarning navbatdagi manzili “HUMO Arena” ko‘p tarmoqli majmua bo‘ldi. Bu yerga poytaxtdagi 22-sonli “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari taklif qilindi. ERIELL Group va HUMO Arena xodimlari tomonidan 130 nafar bolalarga  haqiqiy bayram uyushtirildi.
Bolalarni kiraverishda Qor bobo va qorqiz kutib olib, ularga butun majmua bo‘ylab hamrohlik qildilar, “HUMO Arena” yaratilish tarixi va unda tashkil etilgan muhim tadbirlar haqida ma'lumot berdilar.  

Ekskursiyadan so‘ng Qor bobo va uning yordamchilari bolalarga sovg‘alar tarqatdi, keyin esa hamma birgalikda uchish maydoniga yo‘l oldilar. Bu yerda hursandchilik yangi kuch bilan davom etdi. Turli yoshdagi bolalarning quvonchi, jo‘shqin kayfiyati, baxtli kulgilari muz saroyini yoritganday bo‘ldi va tashrif buyuruvchilarga ijobiy ruh baxsh etdi.  

Muz ustida faol o‘tkazilgan vaqtichog‘liqdan keyin ERIELL guruhi tomonidan uyushtirilgan bayram dasturxoniga navbat keldi. Bolalar osh va boshqa shirinliklardan ta'tib ko‘rdilar.

«Men barcha, ayniqsa, bolalar nomidan ERIELL Group rahbariyati va xodimlariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar “Mehribonlik” uyimizning tarbiyalanuvchilariga haqiqiy bayramni tuhfa etdingiz! Ishoning, oilaviy mehrdan mahrum bo‘lgan har qanday bola uchun o‘zini kerakli, mehr va e'tibor qurshovida his qilish juda muhim. Barcha yaxshiliklaringiz uchun katta rahmat, yangi yil sizlarga yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!», - deydi 22-sonli “Mehribonlik” uyi direktori Jo‘raeva Dilfuza Murodjonovna.

ERIELL Group bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, demak, xayrli ishlar ro‘yxati yanada kengayadi.