yangiliklar
ERIELL Group ishlab chiqarish faoliyatining 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi

ERIELL kompaniyalar guruhi amalga oshirilgan barcha loyihalar bo‘yicha 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi. Bunda nafaqat neft servis sohasi, balki ijtimoiy sohadagi qizg‘in faoliyat ham muhokama qilindi.

O‘tgan yili neft-gaz sohasida Prezidentning «2017-2021 yillarda uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» gi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yilda qabul qilingan dastur jadal sur'atlarda amalga oshirildi. U yangi quduqlarni qurish, mavjudlarini kapital ta'mirlash, shuningdek, texnologik ob'ektlarni yaratish vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturni amalga oshirish uglevodorodlar yetkazib berish geografiyasini, xususan, O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalishlardagi hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.



2022 yilda ERIELL Group «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda 30 ta quduq qurilishini yakunladi. Yillik kovlab borish 51600 metrni tashkil etdi. Bu borada ERIELL guruhi tomonidan yiliga 740 m/st o‘rta burg‘ulash tijoriy tezligiga erishildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan «Quyi Surgil» va «Quyi Sharqiy Berdaq» konlarida quduqlar chuqurligi 4500 metr uzunlikni tashkil etdi.

Bir qator konlarda, xususan, Buxoro viloyatidagi «Xojiqazg‘on» va «Tayloq», Qashqadaryo viloyatidagi «Zevarda», «Dengiz ko‘l», «Alan» va «Sho‘rtan», Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Sharqiy Berdaq» va «Quyi Surg‘il» konlarida tabiiy gaz ko‘payishining eng yaxshi ko‘rsatkichlariga erishildi.



«2017-2021 yillarda uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» loyihasida neft-gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish qismida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
  • 33 ta quduq ulandi.
  • 45,8 kilometrlik shleyf gaz quvuri qurildi
  • 44 ta quduq obodonlashtirildi;
  • 68 ta quduq elektrkimyoviy himoyalandi.
  • 16 kilometrlik BL qurildi;
  • 35,5 kilometrlik kollektor-gaz quvurlari elektrkimyoviy himoyalandi.  
  • 29 kilometrlik avtomobil yo‘llari qurildi.



2022 yilda ERIELL Group mutaxassislari Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK bilan hamkorlikda 65 ta quduqni burg‘ulash va 53 ta quduqni qurish ishlari yakunlandi, 4 ta quduqda yon ustunni kesish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. 2022 yilda umumiy kovlab borish 185700 metrni tashkil etdi. Orol dengizining eski tubi o‘rnidagi maydonni burg‘ulash natijasida chuqurligi 4500 metrni tashkil etgan va qayd etilgan ko‘rsatkich 6000 metr pastgacha burg‘ulanadigan o‘ta chuqur parametrik YUKSALISH-1P qudug‘i yotqizildi.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Shimoliy O‘rtabuloq», «Sardob», «Doston», «Garmiston», «Qorabayir», «To‘rtsari» va Buxoro viloyatidagi «Chegara» konlarida yangi quduqlar burg‘ulandi.  

«G‘arbiy Orol» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), «Markaziy Avval» (Farg‘ona viloyati), «Chegara» (Buxoro viloyati), shuningdek, «Shimoliy Maymanak», «Qizilrabot», «Karim», «Rasulquduq», «Shimoliy Kultak», «Qorabayir»(Qashqadaryo viloyati) konlarida gaz qazib olish bo‘yicha ishlar olib borildi.



«Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK konlararo va magistral gaz quvurlarini qurish bilan gaz konlarini obodonlashtirish» bo‘yicha shartnoma doirasida quyidagi ishlar bajarildi:
  • 51 ta quduq ulandi.  
  • 55,6 kilometrlik shleyf gaz quvuri qurildi
  • 25 ta quduq obodonlashtirildi;
  • 122,1 kilometrlik kollektor-gaz quvurlari qurildi.
  • 5,8 kilometrlik avtomobil yo‘llari qurildi.
Sanoat Energetika Guruhi MChJ XKning asosiy fondlarini kapital qurish bo‘yicha shartnoma doirasida quyidagi ishlar bajarildi:
  • 18 ta quduq ulandi;
  • 6,7 kilometrlik shleyf qurildi;
  • 3 ta quduq obodonlashtirildi;
  • 3 ta quduq elektrhimoyalandi.



Surxondaryo viloyatida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koni ERIELL Group kompaniyasining eng katta va eng murakkab loyihasi hisoblanadi.
2022 yildagi eng murakkab «M-25» konida amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, ERIELL Group nafaqat O‘zbekiston kesimida, balki jahon neft servis sohasida ham quduqlarni burg‘ulash va o‘zlashtirishda yuqori natijalarga erishdi.

O‘tgan yil davomida mutaxassislar jamoasi «M-25» konida kovlab borish bo‘yicha bir nechta rekordlarni avval - 362 metr, keyin esa 425 va 616 metr rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yutuqlar buyurtmachi tomonidan yuqori baholandi.

2022 yilda «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasi bo‘yicha 18035 metr uzunlik burg‘ulandi va burg‘ulangan 3 ta quduq topshirildi. Yil yakunida 2 ta quduq sinovdan o‘tkazildi va o‘zlashtirildi. Ikkita quduqda o‘zlashtirish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda.

2023 yilda «M-25» loyihasi jamoasi murakkab gaz quduqlarini burg‘ulashda ilg‘or texnologiyalar va jahon tajribasini qo‘llagan holda burg‘ulanadigan metrlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.



Burg‘ulangan quduqlarni topshirish rejasi 100 foizga bajarildi. Ulardan birida sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar amalga oshirilmoqda.
ERIELL Group kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Natural Gas Stream MChJ QK loyihasida quyidagi ishlar bajarildi:
  • 28 ta quduq kapital va joriy ta'mirlandi, YOUK va GTP ga tayyorlandi, o‘zlashtirildi;
  • 6 ta quduqning yon ustuni burg‘ulandi,
  • oqim intensifikasiya qilindi;
  • 4 tasida qatlam gidravlik yorildi;
  • gaz dinamik va gaz kondensat tadqiqotlar o‘tkazildi
  • gaz kondensat konlarida oqim o‘lchandi.
NGS loyihalarida olib borilgan ishlar natijasida 2022 yilda gaz qazib olishni 44,4 million kub metrga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Natural Gas Stream MChJ QK bilan «Oqchalak guruhi konlarini obodonlashtirish» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) shartnomasidagi ishlar doirasida quyidagilar bajarildi:
  • 4ta quduq ulandi.  
  • 6,1 kilometrlik shleyf gaz quvuri qurildi.
  • 4 ta quduq obodonlashtirildi.  
  • 3 ta quduq elektrkimyoviy himoyalandi.
2022 yilda Buxoro viloyatidagi «Gazli YEOGOni kengaytirish» (buyurtmachisi Gazli Gas Storage MChJ QK) loyihasi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- eski fondagi 53 ta quduqda joriy va kapital ta'mirlash, xususan, ta'mirlash-izolyasiya qilish ishlari, yuqori joylashgan qatlamga o‘tish, ichki quduq asbob-uskunalarini almashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

- YEOGOda 51 ta quduq qurildi, ularning ko‘pchiligi muddatidan 3-6 kun oldin burg‘ulandi.

YEOGO asosida quduqlarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Gazli YEOGO hajmini 1,5 milliard kub metrga kengaytirish imkonini berdi. YEOGOni kengaytirish kuz-qish mavsumiga to‘g‘ri keladigan gaz qazib olish pasaygan davrda aholi va korxonalarni gaz bilan ta'minlash ekanligini hisobga olinishi bilan neft-gaz sohasining muhim strategik vazifasi hisoblanadi.  



ERIELL Group malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta e'tibor qaratadi, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirishning innovasion usullarini doimiy izlash bo‘yicha ishlar olib boradi. Stajyorlarni o‘qitish va faoliyat yurituvchi xodimlar malakasini oshirish uchun kompaniyalar guruhi o‘zining - ERIELL prof education shaxsiy ilmiy-ta'lim muassasasiga ega. Qarshi shahridagi hududiy filiali uning tarkibiy qismi hisoblanib, u yerda burg‘ulash sohasida mutaxassislar tayyorlanadi.

Ilmiy-ta'lim muassasa o‘qituvchilari orasida loyiha yo‘nalishlari, korporativ madaniyat, menejment, psixologiya, logistika mutaxassislari bor.

Ishlab chiqarishdagi burg‘ulash yuqori xavf va xatar bilan bog‘liqligi hammaga ma'lum. Quduqlarni burg‘ulash faqat barcha qoidalar va talablarga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi mumkin. ERIELL so‘nggi 19 yil mobaynida bu vazifani a'lo darajada bajarib kelmoqda.

2018 yildan ERIELL Group mutaxassislari O‘zbekistonda past debitli yoki gaz oqimi umuman yo‘q bo‘lgan quduqlar qatlamlaridan foydalanishni oshirish maqsadida qatlamlarni gidravlik yorish usulini faol qo‘llashni boshladi.

Gaz oqimini oshirishning yana bir usulini qo‘llash - Koltyubing qurilmasi yordamida ko‘p hajmli kislotani qayta ishlash —aholi ehtiyoji uchun tabiiy gaz qazib olish hajmini qo‘shimcha oshirish imkonini berdi.




ERIELL Group ijtimoiy mas'uliyatli kompaniya sifatida xayriyani o‘z faoliyatining ajralmas qismi deb hisoblaydi. 2022 yilda 15 ta xayriya aksiyasi o‘tkazilib, ularda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan iborat bo‘lgan 500 nafardan ortiq insonga manzilli yordam ko‘rsatildi.



Kompaniyalar guruhi doimiy asosda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan   bolalar uyi, Toshkent viloyatidagi «Kichkintoy» bolalar uyiga yordam ko‘rsatadi. «APLA» jamoat birlashmasi, «Mehribonlik» ijtimoiy ko‘mak jamiyati, Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa ijtmoiy muassasalarga muntazam tarzda homiylik qilib keladi.«Yaxshilik bilan bo‘lishamiz» loyihasi doirasida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash va yordam berishda faol ishtirok etishni davom ettirish rejalashtirilgan.  

ERIELL kompaniyasi «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining Bosh homiysi hisoblanadi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI kongressida «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumining uch tilda nashr qilingan 50 jildlik kitob-al'bomlari, 14 jildlik «O‘zbekiston me'moriy epigrafikasi» turkumi, shuningdek, bir qator sovg‘abop nashrlar va hujjatli filmlar taqdimoti o‘tkazildi. Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan VII kongressida yangi 10 jildli asarlar taqdim etiladi. Chop etilgan barcha kitoblar mamlakatimizdagi va xorijdagi ilmiy hamda ta'lim muassasalariga bepul tarqatiladi.

ERIELL kompaniyasi O‘zbekistonning madaniy merosini butun dunyo bo‘ylab faol ravishda targ‘ib qiladi. Loyiha 40 ta xorijiy davlatdan 400 nafar olimlarni jamladi. Uning doirasida muntazam ravishda milliy hamda xalqaro media tadbirlari, kongresslar va taqdimotlar o‘tkazib turiladi. ERIELL Group rahbari Baxtiyor Fazilov Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashining raisi bo‘lib, u 2022 yilda Parijda Yevropa Ittifoqi, O‘rta yer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida falsafiy va madaniy tadqiqotlar hamda hamkorlikni rag‘batlantirgani uchun AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. Mukofotni Fransiya tibbiyot akademiyasi prezidenti janob Tran Ba XyuI O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboev ishtirokida topshirdi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan Fransiya Tibbiyot akademiyasi direktorlar kengashining taxt o‘rnatilgan zalida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti o‘rnatildi. Shuningdek, kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Xokkey federatsiyasining homiysi sifatida sportni rivojlantirish tarafdori. Kompaniya jamoasida muntazam ravishda sport tadbirlari o‘tkazilib, ayrim xodimlar respublika miqyosidagi turli musobaqalarida ishtirok etib keladi.

ERIELL Group kompaniyasining 2022 yilda mamlakatning davlat byudjetiga soliq to‘lovlari 732 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu umumiy soliq to‘lovlari ERIELL Group kompaniyasining O‘zbekistondagi barcha bo‘limlari tomonidan to‘landi.

2022 yilda kompaniyalar guruhi tomonidan mamlakatdagi loyihalarda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Umuman olganda, bugungi kunda kompaniyalar guruhi xodimlarining umumiy soni 12 mingdan ziyod insonni tashkil etadi.

Kompaniya biznes beqarorligi va yuqori proffesionallikni namoyish etdi. ERIELL 2023 yil uchun faoliyatida yanada miqyosli rejalarni ishlab chiqdi, neft servis sohasidagi texnologiyalarni muntazam ravishda takomillashtirishni hisobga olgan holda aniq vazifalar va ularning amalga oshirish yo‘llarini belgilab oldi.